

OFK rasmiy sayti allaqachon mukofot pullarini ma'lum qilgan. Shunga qaramay, bugungi bahs oldidan yana bir karra eslab o'tishni lozim topdik.
Demak, chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa 5 million AQSH dollari miqdorida mukofotga ega chiqadi. Finalchi esa 3 million dollarni qo'lga kiritadi. Yarim finalda yutqazib musobaqani tark etgan Eron va BAA terma jamoalariga 1 milliondan dollardan pul beriladi.
Shuningdek, musobaqada ishtirok etgan barcha 24 jamoaga bir xil 200 ming dollardan mukofot ajratilgan. Umumiy hisobda Osiyo Kubogining mukofot jamg'armasi 14,8 million dollarni tashkil etadi.



