

Manbaning yozishicha, futbolchiga "Uotford" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Klublar futbolchini ijaraga olmoqchi. Bundan tashqari, "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi Jonsni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsher esa futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas, chunki u himoyachining mashg'ulotlardagi harakatidan mamnun.
Himoyachi 2011 yildan buyon "Manchester Yunayted"da o'ynab kelmoqda. Futbolchining shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Jons joriy mavsumda "qizil iblislar" safida birorta ham o'yin o'tkazmagan.



