Fabregas tezlikni oshirgani uchun jazolandi

Aziz Tukhtamuradov
10 okt 2015, 19:49
"Chelsi" futbolchisi Fransesk Fabregas endi yarim yil davomida mashina hayday olmaydi, deya xabar qilmoqda Daily Star.

Ispaniyalik futbolchi tezlikni oshirgani uchun yo'l transporti nazorati hodimlari tomonidan qo'lga olindi. Unga jazo tariqasida 6 oyga haydovchilik guvohnomasi olib qo'yildi.

Ma'lum bo'lishicha, "Chelsi" futbolchisi mashinada tezlikni 180 km/soatgacha oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Star