Fabio Kapello: "Belgiya faqat qog'ozdagina guruhimiz favoriti"

Aziz Tukhtamuradov
13 may 2014, 08:17
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello JCH-2014dagi raqiblari haqida gapirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, ruslar N guruhida Belgiya, Jazoir va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan.

- Guruhda eng kuchli jamoa Rossiya emas degan fikrlarga qo'shilmayman. JCHda har bir o'yin qiyin o'tadi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Chunki kuchsizlar Jahon chempionatiga chiqmaydilar.

– Belgiya guruh favoriti degan fikrga qo'shilasizmi?
- Albatta. Lekin, ular faqatgina qog'ozda favorit. Shuningdek, saralash bosqichida Portugaliya ham shunday bo'lgandi. Lekin, barchasi nima bilan yakunlanganini bilasiz. (kuladi). Bizda yaxshi jamoa bor.

Tushkun kayfiyatda yurish - mening yigitlarimga hos hususiyat emas, - deydi Kapello.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru