"Everton" braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

4 dek 2019, 00:10
"Everton" klubi futbolchisi Risharlison jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi.

22 yoshli yarim himoyachi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi bitimga imzo chekdi.

"Men bu yerda uzoq muddat qolishni rejalashtiryapman. "Everton" – menga o'z futbolimni namoyish etishga imkon bergan klub. Bu yerda o'ynab Braziliya turma jamoasi tarkibiga kirishga, APLda ko'plab gollar urishga muvaffaq bo'ldim. Muxlislar ishonsini maydonda oqlashga harakat qilaman", – dedi yarim himoyachi. 

Eslatib o'tamiz, Risharlison joriy mavsum APL doirasida 14 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 4 gol va 3 ta samarali uzatma yozdirib qo'ydi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports