Eshitdik-da! "Olimpik" himoyachisiga Superliganing 4 klubi qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
8 dek 2023, 19:47
Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, Toshkentning "Olimpik" jamoasi o'ng qanot himoyachisi Saidazamat Mirsaidovga Superliganing birdaniga 4 klubi qiziqish bildirmoqda. Bular: "Navbahor", "So'g'diyona", "Lokomotiv" hamda "Neftchi". Yuqoridagi klublar futbolchi bilan aloqaga chiqib ulgurishgan va muzokaralar ham boshlangan.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Saidazamat ortda qolgan mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida jami 29 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, 2 ta assist qayd etdi.


Ma'lumot uchun "Navbahor"da o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimovning klub bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etgan. "So'g'diyona"da o'ng qanot himoyachisi Alisher Salimov jamoani tark etgan. "Lokomotiv" o'ng qanot qo'rg'oni Manuchehr Safarov bugun rasman "Neftchi" a'zosiga aylandi. "Neftchi"ning o'ng qanot himoyachisi Umar Adhamzoda esa "Paxtakor"ga o'tish arafasida ekanligini xabar bergandik. Ko'rib turganingizdek yuqoridagi 4 klubda ham o'ng qanotda muammolar yuzaga kelgan. Faqatgina "Neftchi" Manuchehr bilan imzolangan shartnomadan keyin bu chiziqdagi muammosini bartaraf etgandek.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia