

Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi o'yindagi yirik (1:5) mag'lubiyatdan so'ng Murod Muzaffarovich matbuot anjumanida rahbariyatdan o'zini ishdan olishlarini so'rab murojaat qilgandi. Katta ehtimol bilan bu iltimos qondirilgan va Ismoilov o'z lavozimini tark etgan.
Hozircha uning o'rniga Sergey Kovshov vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.



