Eshitdik-da! Ertangi "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi o'tkazilmaydi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2020, 21:33
Ertaga Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tishi kerak edi.

Biroq eshitishimizga qaraganda "Andijon" klubi futbolchilari o'z uylariga tarqatib yuborilgan. Klubda kattagina moliyaviy muammolar borligi aytilmoqda. 

Bugungi U-21 Birinchiligi doirasidagi "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi "burgutlar"ning o'yinga tashrif buyurishmagani bois o'tkazilmadi va "Paxtakor"ga texnik g'alaba yozildi. 

Hozircha PFL ertangi o'yin borasida rasmiy xabar bergani yo'q.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia