

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, ertaga "Bunyodkor" FK prezidenti Mehriddin Abdullaev tomonidan klub kelajagi masalasida yig'ilish o'tkaziladi. Ushbu yig'ilishda bosh murabbiy mavzusi ko'tarilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" bugun o'z uyida "Metallurg" bilan durang o'ynadi. Shuhrat Maqsudov shogirdlari hozirgacha Superligada 8 ta o'yin o'tkazib, 11 ochko to'plashga erishgan.

