

Oldinroq terma jamoa vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu o'yinlar uchun 30 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxatni e'lon qilgan edi.
Ushbu ro'yxatdan "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov ham o'rin olgan edi. Eshitishimizga qaraganda ayni paytda qaysi klubdaligi noma'lum bo'lgan futbolchi ro'yxatdan chiqarilgan. Eslatib o'tamiz, Hamdamov Rossiyaning "Anji" klubi yig'inida ishtirok etgandi. Biroq klub uni premer-liga uchun ro'yxatdan o'tkazgani yo'q.
O'zbekiston terma jamoasi 23 martda Senegal, 27 martda Marokash bilan o'ynaydi.




