Eronning ikki yetakchi klubi OCHLdan nima uchun chetlatilgani ma'lum bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
7 yanv 2022, 21:19
Xabar berib o'tganimizdek, Eron chempioni "Persepolis" va 3-o'rin sohibi "Istiqlol" bu mavsum OCHLda ishtirok etmaydi.

OFK qaroriga muvofiq bu ikki klub Osiyo chempionlar ligasida o'ynash huquqini beruvchi licenziya shartlarini to'liq bajarmagan. Gap shundaki, "Persepolis" va "Istiqlol" stadion xavfsizligi bilan bog'liq hujjatlarni chala to'ldirgan, shuningdek klub xodimlari ro'yxati va klub xo'jayinlari kim ekanligi (yani, klub kimga qarashli) ekanini ochiq bayon etmagan. 

Natijada OFK bu ikki jamoaga licenziya bermaslikni lozim topdi. Shunday qilib Osiyo chempionlar ligasining bu yilgi mavsumi "Persepolis" va "Istiqlol"siz o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia