Erkin Boydullaev "Nasaf" muxlislarini g'alaba bilan tabrikladi

25 sen 2014, 23:30
Qarshining "Nasaf" jamoasi yarim himoyachisi Erkin Boydullaev "Bunyodkor" ustidan qozonilgan g'alaba bilan "ajdarlar" ishqibozlarini o'zining tvittyerdagi sahifasi orqali tabrikladi.

"G'alaba bilan, "Nasaf"! Barcha "Nasaf" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman", - deb yozdi Erkin Boydullaev.

Shuningdek, ayni paytda Koreyada bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston U-23 tarkibida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "ajdarlar" posboni Eldor Suyunov uchrashuvdan so'ng o'zining tvittyerdagi sahifa orqali jamoadoshlarini olqishladi.

"Nasaf"ga olqishlar! Uraaa!", - deb yozadi Eldor Suyunov.


Manba: championat.asia