Eriksen Qatardagi Jahon chempionatida o'ynamoqchi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2022, 23:40
Futbolchi to'liq tiklanishiga ishonmoqda.

Yarimhimoyachi Kristian Eriksenning Yevropa chempionatidan so'ng faoliyatida to'xtalish bo'lgandi. Daniyalik o'yinchi hozirgi holati va kelajagi haqida gapirdi.

"Men futbol o'ynashni xohlayman. Bunday qilmaslikka sabab yo'q.

Aynan shularni gapirish mavridi kelganini sezdim. O'ynashni xohlayman. Yaragimni mavjud bo'lgan barcha usullar orqali tekshirishdi. Shifokorlar barchasi joyida ekanligini aytishdi. 

Maqsadim - Jahon Chempionatida o'ynash. Men buni har doim orzu qilganman. Barchasi reja bo'yicha kechsa, albatta bunga erishaman. Hozirgi masala - qanday qilib terma jamoaga kirish. Yani, faoliyatimni qay tarzda qayta yo'lga qo'yishni o'ylayapman", -dedi Kristian Eriksen.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: DR