Elnur Abduraimov AQSHda raqibini nokaut qildi VIDEO

Narzulla Saydullayev
19 okt 2018, 07:55
Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQSHda professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazdi.

AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi “Fantasy Springs Casino” arenasi mezbonlik qilgan va hozirgina yakuniga etgan jangda hamyurtimizga amerikalik charm qo'lqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qildi. 

Aslida Elnur bugun amerikalik boshqa bir bokschi Xose Salinasga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin jangga bir kun qolganida raqib o'zgardi. 

Gonsalesga qarshi jangni katta ustunlik bilan boshlagan Abduraimov ikkinchi raundga kelib raqibini nokautga uchratdi. Bu Elnurning ikkinchi jangidagi ikkinchi muddatidan oldin qozonilgan g'alabasi bo'ldi. 

Ma'lumot uchun, Gonsales prof ringda 7 ta jang o'tkazib, ularning 5 tasida g'alaba qozongan. 2 ta jangda mag'lubiyatga uchragandi. Bugun uchinchi mag'lubiyat bo'ldi. Elnur esa bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratish orqali nishonlagan edi. 


VIDEONI TOMOSHA QILISH

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com