Eldorbek Suyunov operaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2015, 14:22
O'zbekiston terma jamoasi hamda "Nasaf" klubi darvozaboni Eldorbek Suyunov bugun Moskvada jarohatini operaciya qildirdi.


Bugun Eldorbek Suyunov Moskva shahrida oyog'idan olgan jarohatini operaciya qildirish uchun jarrohlik stoliga yotqizildi. 40 daqiqa davom etgan operaciya muvaffaqiyatli o'tdi.

Shifokorlar Eldorbek Suyunovga 1 oydan so'ng mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlashi mumkinligini takidlashgan.

"Nasaf" posboni yana bir necha kun Moskva shahrida muolaja oladi va shundan so'ng yurtimizga qaytib keladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia