Eldor Shomurodov: "Menga Ronaldudan ko'ra ko'proq Messi yoqadi"

Alisher
13 iyul 2019, 17:42
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

- Menga Ronaldudan ko'ra ko'proq Messi yoqadi. Hozirda bu ikki futbolchining dunyodagi eng kuchlilar deya etirof etilayotganligi adolatli, ammo mehnat va istedoddan birini tanlashga to'g'ri kelasi men ikkinchisini tanlayman, - deydi O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi.

Eslatib o'tamiz, "Rostov" bugun Rossiya chempionati 1-tur doirasida "Orenburg"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.

Shomurodov vs Afonin. Bugun "Rostov" "Orenburg"ni qabul qiladi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RT