

Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi 6 avgust kuni tonggi soat 06:10da yurtimizga yetib keladi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da Ektor Kuperni kutib olish marosimi tashkil qilinadi.
Shu kuni soat 15:00da Milliy Olimpiya qo'mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o'z rejalari bilan o'rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o'tadi.
Matbuot anjumanida barcha turdagi ommviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.




