Ektor Beleringa Ispaniya chempionatidan qiziqishlar bor

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020, 16:41
Ektor vataniga qaytishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

25 yoshli fulbekka "Atletiko" va "Sevilya" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Shuningdek, "Inter" ham vaziyatni kuzatuv ostiga olgan.

Belerinning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. Uning hisobida APLning 14 o'yinida 1 gol bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca