

Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia e'lon qildi.
Bausa 2016 yilning avgustidan beri jamoa bilan ishlab kelayotgandi. Argentina terma jamoasi ushbu murabbiy qo'l ostida 8 ta uchrashuv o'tkazdi (3 g'alaba, 2 durang, 3 mag'lubiyat).
Jamoaning yangi bosh murabbiyi "Sevilya" ustozi Xorxe Sampaoli bo'lishi kutilmoqda.
Argentina terma jaomasi JCH-2018 saralash bosqichida 14 turdan so'ng 5-o'rinni egallab turibdi.


