

Ma'lumotlarga ko'ra, Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) rahbariyati Bausani iste'foga chiqarish qarorini qabul qildi. AFAdagilar jamoaning JCH-2018 saralash uchrashuvlaridagi o'yin darajasi va natijalaridan qoniqmayapti.
Bausaga hozircha bu qaror borasida rasmiy ma'lumot berilmagan.
JCH-2018 saralashining 14-turidan so'ng Argentina terma jamoasi 22 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.


