Eden Azar: “Men shunchaki o'ynayapman​”

8 okt 2018, 08:35
Azar “Sautgempton” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bizga yaxshi o'yin ko'rsatish va gollar urish yoqadi. Birinchi bo'lim ko'ringanidek oson bo'lmadi. Birinchi golni urgan vaqtimizda omadimiz keldi. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni nazorat qildik. Ammo eng yaxshi o'yinimni namoyish etdimmi yoki yo'q buni bilmayman. Men shunchaki o'ynayapman. “Chelsi” esa yaxshi futbol ko'rsatmoqda”,-deydi Azar.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC-Sport