

Chorak finalga Ispaniyaning uch, Germaniyaning ikki klubi chiqdi. Angliya, Italiya va Fransiyadan bittadan jamoa chorak finalda ishtirok etadi.
Qur'a tashlash marosimi 17 mart, juma kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Qur'a jarayonida bir mamlakat klublari o'zaro to'qnash kelib qolishi mumkin. Yani hech qanday cheklov yo'q.
1/4 finalga chiqqan klublar
"Real" (Ispaniya)
"Barselona" (Ispaniya)
"Atletiko" (Ispaniya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Borussiya" (Germaniya)
"Lester" (Angliya)
"Yuventus" (Italiya)
"Monako" (Fransiya)
Chorak finalning dastlabki o'yinlari 11 va 12 aprel kunlari, javob bahslari - 18 va 19 aprel kunlari bo'lib o'tadi.




