YCHL. 2-tur. SSKA - "Viktoriya" 3:2

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 22:51
Yevropa chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan navbatdagi o'yin bo'lib o'tdi.

Moskvaning SSKA klubi Sankt-Peterburgda Chexiyaning "Viktoriya Plzen" klubini qabul qildi. 


Uchrashuvdagi hisob mehmonlar tomonidan 4-daqiqada ochildi. Raytoral bu vaziyatda o'zini ko'rsatdi - 0:1.  19-daqiqada Toshich, 29-daqiqada Xonda gol urib "armiyachilar"ni hisobda oldinga olib chiqishdi. 

78-daqiqada Rjeznik o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi - 3:1. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Bakosh yakuniy natijani o'rnatdi - 3:2.  



SSKA Rossiya – Viktoriya Plzen Chexiya 3:2 
2 oktyabr, 21.00, Petrovskiy
Gollar
: 0:1 – 4 Raytoral, 1:1 – 19 Toshich, 2:1 – 29 Xonda. 3:1 - 78, avtogol Rjeznik. 3:2 – 90 Bakosh. 
SSKA – Akinfeev, Nababkin, A.Berezuckiy, Ignashevich, Shennikov, Elm (Milanov, 73), Vernblum, Toshich, Xonda, Cuber (Gonsales, 64), Musa (Vitino, 89). 
Viktoriya Plzen – Kozachik, Raytoral, Gubnik, Proxazka, Rjeznik (Pospishil, 84), Gorvat, Gorshava (Djurish, 77), Petrjela, Kolarj, Kovarjik (Tecl, 70), Bakosh.
Ogohlantirishlar: Gorshava (22), Tecl (76).

 

Tunda bo'lib o'tadigan 7ta o'yinning hisoblari ham saytimiz orqali onlayn berib boriladi. Biz bilan qoling va o'yinlar natijasini birinchilardan bo'lib xabardor bo'lib boring. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia