Diqqat "Nasaf"dan tanlov! Shior o'ylab toping va chipta yutib oling

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2017, 23:15
Xabaringiz bor, 31 yanvar seshanba kuni “Nasaf” jamoasi Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida OCHL-2017 o'tish bosqichi uchrashuvini o'tkazadi.

“Nasaf” (O'zbekiston) – “Al-Hidd” (Baxrayn) uchrashuviga ayni kunlarda qizg'in tayyorgarlik ketmoqda.

Muxlislarda ushbu uchrashuvga chipta yutib olish imkoni bor. Buning uchun Siz chiroyli va mazmunli shior o'ylab toping. Shior matnini klub matbuot xizmati elektron pochta (nasaf.media@mail.ru) manziliga jo'nating. Eng qisqa va mazmunli beshta shiorni klub marketing bo'limi va klub matbuot xizmati birgalikda tanlab oladi va shiorlar muallifiga muxlislar sektoridan bepul chipta taqdim qilinadi. O'yin payti ushbu shiorlar muxlislar klubi faollari tomonidan namoyish qilinadi.

Tanlovga yuborilgan shiorlar muallifi o'zlarining ismi sharifi va mobil telefon raqamlarini ko'rsatishlari shart. Telefon raqami ommaga oshkor qilinmaydi.

Shoshiling! Tanlov 29 yanvar kuni nihoyasiga etadi.

 

“Nasaf” PFK marketing bo'limi 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz