Dinamo - Sho'rtan uchrashuviga xotin-qizlar bepul kiritiladi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2017, 14:12
8 mart kuni Oliy Liganing Samarqanddagi rasmiy ochilish uchrashuvida Dinamo jamoasi G'uzorning Sho'rtan jamoasini qabul qiladi.

Samarqanddagi Dinamo stadionida o'tadigan chorshanba kungi uchrashuvning ochilish marosimi tadbiri 15:30 boshlansa, o'yinning boshlanish vaqti 16:00da belgilangan. Qayd etish joiz, 8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Dinamo - Sho'rtan uchrashuviga kirish xotin-qizlar uchun bepul bo'ladi.

Bir haftadan buyon Dinamo stadioni kassalarida ushbu uchrashuvga chiqarilgan chiptalar sotuvi boshlangan. Chipta bahosi 5 ming so'm bo'lib, naqd pul va terminal orqali savdo amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Professional Futbol Ligasi hakamlar qo'mitasi ushbu uchrashuvga tayinlangan hakamlar brigadasini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Dinamo - Sho'rtan uchrashuvini toshkentlik Vadim Agishev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Galleev va Akbar Po'latovlar yordam berishadi.

Uchrashuv nazoratchisi etib Dmitriy Roman tayinlangan bo'lsa, PFL vakili esa Aleksey Frolov.

Oliy Liga. 2-tur. 8 mart (chorshanba)
Dinamo (Samarqand) – Sho'rtan (G'uzor)
Hakamlar:
Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz