Diego Kosta Turkiyaga ketishi mumkin

Tolibjon Qosimov
7 sen 2017, 20:57
"Football London" ma'lumotiga ko'ra, "Chelsi" klubining ispaniyalik hujumchisi Diego Kosta Londonga keldi va u "ko'klar"ning o'rinbosarlari bilan mashg'ulot o'tkazmoqda va u o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkin.

Futbolchiga Turkiyaning "Beshiktosh" klubi qiziqmoqda. Turklar Kostani qishki transferlar oynasigacha ijaraga olishga tayyorlar.

Shundan so'ng futbolchi yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi olib tashlanadigan Madridning "Atletiko" klubiga o'tadi. Eslatib o'tamiz, Turkiyada transfer oynasi 8 sentyabrda yopiladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football London