Diego Karlos koronavirusga musbat test topshirdi

Alisher
19 yanv 2021, 09:28
"Sevilya" himoyachisi Diego Karlos koronavirusga musbat test topshirdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, kasallik belgilarsiz o'tmoqda, futbolchi esa izolyaciyada.

27 yoshli Karlos "Sevilya" mudofaasida yetakchilardan biridir. Braziliyalik futbolchi joriy mavsum ispan jamoasi libosida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushdi.

"Sevilya" esa La Ligada 17 turdan so'ng 30 ochko jamg'argan holda jadvalda 6-o'rinda bormoqda, shu bilan birga Lopetegi jamoasida bitta zaxira o'yini mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es