Di Mariya "Yuve"dagi debyutida gol urdi, keyingi o'yinlar "Barselona" va "Real"ga qarshi bo'ladi

Оқил Абдубарноев
17 iyul 2022, 22:50
"Yuventus"ning yangi a'zosi Anxel Di Mariya Turin klubi safidagi ilk uchrashuvda gol urdi.

34 yoshli argentinalik futbolchi D seriya vakili "Pinerolo"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Mazkur bahsda turinliklar 9:0 hisobida zafar quchdi. Hujumchi Moyze Kin tomonidan xet-trik qayd etildi.

21 iyul kuni "Yuventus" a'zolari AQSHga uchib ketadi. Massimiliano Allegri shogirdlari 26 iyul kuni Dallasda “Barselona”ga, 30 iyul kuni esa Los-Anjelesda “Real”ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: juventus.com