

PSJ sobiq futbolchisi Abdu Diallo Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan turnir to'purarligi uchun nomzod Mbappening Krishtianu Ronalduga nisbatan munosabati qanday bo'lganini bildirdi.
Yozda ijara asosida “RB Leyptsig”ga ko'chib o'tgan Diallo Mbappe bilan Parij klubida 3 yil birga o'ynadi. Uning aytishicha, agar Messi yoki Ronaldu yaxshiroq ekani borasida bahs ketsa, Kilian portugaliyalik futbolchi himoyasi uchun “kamida bir soat” gapirishi mumkin ekan. “Uning uchun Ronalduga til tekkizish mumkin emas. U uchun Krishtianu daxlsiz”, dedi himoyachi.
Mbappe Qatardagi mundial finalida jamoadoshi Lionel Messiga qarshi titul himoyasi uchun maydonga tushadi.



