Di Mariya "Milan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Futbolchi ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Administrator
20 sen 2022, 23:02
Futbolchining qo'pol harakati unga qimmatga tushdi.

"Yuventus" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya A Seriyada ikki o'yinga chetlatildi.

Futbolchi "Monca"ga qarshi o'yinda Armando Icconing qorniga tirsagi bilan zarba berganidan so'ng maydondan chetlatilgandi. 

Ma'lum bo'lishicha, Anxel Di Mariya ushbu qizil kartochka sabab ikki o'yinda maydonga tusha olmaydi. "Yuve"ning keyingi ikki o'yini esa "Bolonya" va "Milan"ga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Tuttomercatoweb