Di Franchesko “Roma” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017, 22:49
“Roma” yangi bosh murabbiy ega bo'ldi.

47 yoshli italiyalik mutaxassis Eusebio Di Franchesko jamoa bilan 2019 yilgacha shartnoma imzoladi.

O'tgan yili ushbu murabbiy qo'l ostida “Sassuolo” klubi Liga Yevropa yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Takidlash joizki, Di Francchesko futbolchilik faoliyatini to'rt yilini (1997-2001) aynan “Roma”da o'tkazgan edi.

“Roma”ga qaytishimdan baxtliman. Bu klub men uchun katta ahamiyatga ega. Menga ushbu imkoniyatni taqdim etgan jamoa prezidenti Pallotte  va boshqa rahbarlardan minnatdorman.

Jamoa barcha kutayotgan natijani qayd etishi uchun bor kuchimni ayamayman” ,dedi Di Franchesko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Рома» клуби расмий сайти