Devid Oniya yana "ona yurti"ga qaytadigan ko'rinadi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2013, 16:00
O'tgan mavsumni "Buxoro" klubi safida o'tkazgan asli nigeriyalik futbolchi uchun eng asosiy da'vogar sifatida Samarqandning "Dinamo" jamoasi bo'lmoqda.
Ayni vaqtda o'z yurtida bo'lib turgan futbolchi navbatdagi mavsumni yana "ona yurti" Samarqandda boshlaydigan ko'rinadi. Undan tashqari ushbu futbolchiga "Nasaf" ham taklif bilan chiqqan,  shunga qaramay Oniya "Dinamo"ga o'tishga yaqin turibdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Oniya "Buxoro" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib , 2225 daqiqa harakat qildi. Himoyachi hisobida 1 ta gol, 4 ta ogohlantirish bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia