

Dide Desham Karim Benzemani Fransiya terma jamoasida ko'rishni xohlamagan.
Jurnalist Romen Molinaning so'zlariga ko'ra, fransiyalik murabbiy "Real" hujumchisini terma jamoaga qaytarish g'oyasiga ishtiyoq bildirmagan. Qayd etilishicha, Desham Benzemani Madriddagi yorqin o'yini tufayli terma jamoaga chaqirishga majbur bo'lgan.
Bu esa jamoa yetakchilari – Ugo Loris, Antuana Grizmann, Pol Pogba va Olive Jiruga maqul kelmagan. Ular "na ha, na yo'q" degan.
Grizmann norozi edi, chunki u Karim barcha e'tiborni o'ziga qaratadi deb o'ylagan.
"Hozirgi o'yinchilar qandaydir realiti-shou qahramonlaridek taassurot qoldirdi", – dedi Molina.
Avval xabar qilinganidek, Grizmann va Loris Benzema 2022 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishidan xursand edi.



