
Jurnalist Romen Molinaning ma'lumotiga ko'ra, hujumchi Antuan Grizmann va darvozabon Ugo Loris Qatardagi mundialda Fransiya termasi safida Benzema bo'lmasligidan ayniqsa mamnun bo'lishgan. Bu futbolchilar Karimning termaga qaytishini umuman qabul qilishni istamagan, sababi o'zlarini hozirgi jamoa yetakchilari deb hisoblashadi.
Avvalroq "Real" hujumchisi Fransiya termasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.
Karim umumiy hisobda milliy terma safida 97 ta o'yinda maydonga tushgan va 37 ta gol urishga erishgan.