

Terma jamoaning yig'iniga chaqirilgan barcha legionerlar Toshkentga yetib kelishdi. Kecha Rossiya chempionatida bir-birlariga qarshi o'ynagan Vitaliy Denisov va Odil Ahmedov o'yindan so'ng O'zbekistonga qarab uchishdi. Ukrainada faoliyat olib borayotgan Sanjar Tursunov ham Toshkentga yetib keldi.
Shu tariqa Samvel Babayan chaqirgan barcha futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Yaman o'rtasidagi o'yin 3 sentyabr kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.



