De Yong "Real" qiziqishlari doirasida

Alisher
25 may 2019
"Real" PSV hujumchisi Lyuk de Yongga qiziqmoqda. U yozda jamoasini o'zgartirishga tayyorligini e'lon qilgan edi.

"Qaymoqranglilar" bu futbolchini "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovichning o'rniga xarid qilishmoqchi. Oldinroq, nemis klubi futbolchini 100 million evrodan kamiga sotmasligini bildirgan edi.

De Yong o'z navbatida, bu mavsumda ajoyib statistika qayd etdi. U barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 6ta assistni amalga oshirgan edi.


AlisherMuallif
Manba: La Sexta