De Xea MYU bilan sovrin yutmoqchi

4 iyun 2016, 06:25
"Manchester Yunayted" darvozaboni "Old Trafford"da Joze Mourinyo qo'l ostida o'ynashni istashini aytib o'tdi.


"Joze va "Manchester Yunayted"ning o'yin falsafasi bir-biriga to'g'ri keladi. Bu jamoa va ushbu mutaxassis faqat g'alaba uchun qayg'urishadi. O'ylashimcha, Mourinyo qo'l ostida biz yanada kuchli jamoaga aylanamiz. Shartnoma bo'yicha men yana uch yil shu yerda qolaman. MYU bilan chempionlikni qo'lga kiritishni istardim. Angliya kubogi bu boshlanishi deb o'ylayman. Chunki "Manchester Yunayted" oldida doimo yuqori vazifalar qo'yiladi", - deydi De Xea.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca