Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniele de Rossi JCH-2018 saralashi doirasidagi Shvetsiyaga qarshi o'yindan so'ng (0:0, birinchi o'yin – 0:1) mehmonlar avtobusiga chiqdi.
34 yoshli Roma yarim himoyachisi italiyalik muxlislarning Shvetsiya madhiyasi vaqtida xushtakbozlik qilishganlari uchun uzr so'radi.
Bu ma'lumotni jamoa a'zosi Pontus Yansson va bosh murabbiy Yanne Andersson ham tasdiqlashdi.