De Rossi raqibni yuziga urgani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2017, 08:41
Roma yarim himoyachisi Daniele de Rossi Jenoaga qarshi o'yinda (1:1) sportchilarga xos bo'lmagan harakati uchun diskvalifikaciya qildi.

34 yoshli futbolchi 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi hamda SPAL va Kevo bilan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

69-daqiqada de Rossi burchak to'pi amalga oshirilayotgan vaqtda Jenoa futbolchisi Janluka Lapadulaning yuziga urdi va maydonga yiqilib tushdi.

Rim klubi sardori qizil kartochka oldi, Lapadula esa belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net