David Luis: "Chelsi"da Sarrining falsafasiga ishonmaydiganlar yo'q"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019
"Chelsi" himoyachisi David Luisning takidlashicha, jamoa avvalgidek bosh murabbiy Mauricio Sarriga ishonadi.

"Bizda ko'p yig'ilishlar bo'ldi, unda "murabbiyga ishonmaydiganlar bormi" deb so'rashdi. Yigitlar hech narsa degani yo'q. Shu sababli Sarriga hamma ishonadi.

Biz "Manchester Siti"ga mag'lub bo'ldik, ular ayni damda sayyoramizning eng yaxshi jamoasi. "Siti" birinchi daqiqadan uchrashuv oxirigacha bizdan kuchliroq edi.

Turnir jadvalida yetakchilik qilayotganlar 3 yildan ortiq vaqtdan beri bir murabbiy bilan ishlaydi.

Hammasini tushunsang o'ynash osonroq. Biz kuchli jamoa bo'lish uchun to'g'ri yo'ldamiz" - deydi Luis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com