
“Vest Xem” Angliya terma jamoasining 31 yoshli o'yinchisi uchun 7 million funt bermoqchi, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaning xabariga ko'ra, “Sautgempton” moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani sababli o'yinchini sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha “Sautgempton” prezidenti Nikola Kortes iste'foga chiqqan.
Ushbu mavsum Angliya chempionatining 21 ta o'yinida maydonga tushgan Lambert, 6 ta gol va 5 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.