
Mersesaydliklar 22-yoshli nigeriyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchilar, deb xabar beradi Daily Mail.
Londonliklar klubi Mozesni “qizillar”ga 2 mln funt evaziga ijaraga berishga tayyor, biroq “Liverpul” o'z navbatida ushbu narxni pasaytirishga urinayapti.
Bundan tashqari mersesaydliklar yarim himoyachining maoshi “Enfild”da haftasiga 55 ming funt bo'lib qolishini istashmayapti.
“Chelsi” klubga Villian (Anji) kelib, Mozesning o'yin vaqti kamayganligi sababli, futbolchining o'ziga ham boshqa klubga ijaraga berib yuborishini aytgan.