Daily Mail: "Arsenal" Benteke uchun kurashga kirishadi

28 okt 2013, 10:04
"Aston Villa" hujumchisi Kristian Benteke, yana bir ingliz klubi qiziqishlari doirasidan o'rin oldi.
"Tottenxem"dan so'ng 22 yoshli belgiyalik futbolchini "Arosenal" ham o'z safida ko'rishni istab qoldi, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Gazetaning ma'lum qilishicha, futbolchi birmengemliklar bilan shartnomani uzaytirganidan so'ng uning transfer narxi ham oshdi. Avvalroq uning transfer baxosi 18 million funt bo'lgan bo'lsa, endilikda 28 millionni tashkil qilmoqda.

Avvalroq, Bentekega "Yuventus" hamda "Lacio" ham davogarlik qilayotgani ma'lum qilingan edi.