Coca Cola Superligasi. Bugun "Navbahor" Qarshida, "Paxtakor" Jizzaxda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2020, 10:18
Bugun Coca Cola Superligasida 4-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Coca Cola Superliga. 4-tur
14 iyun, yakshanba
18:00 “So'g'diyona” - “Paxtakor” (“Sport” TV LIVE)
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Ziyodulla Abdurahmonov, Anvar Marajabov, Ravshan Abdivohidov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

"So'g'diyona" va "Paxtakor" O'zbekiston chempionatlari tarixida 48 bor to'qnash kelgan. Ularning 40tasida "Sherlar" g'alaba qozongan bo'lsa, 4tadan bellashuvda durang va jizzaxliklar zafari kuzatilgan. Raqib darvozasi 123 marta ishg'ol etilib, 38 to'p o'tkazib yuborilgan. Jizzaxdagi o'yinlarning 18tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatga erishgan. Uch martadan esa mezbonlarning qo'li baland kelgan va durang natija qayd etilgan.

Jizzaxda 2013 yil 0:0 hisobida tugagan uchrashuvda "So'g'diyona" uydagi oxirgi ochkosini qo'lga kiritgan. Safardagi so'nggi 6 bahsda "Paxtakor" ketma-ket g'alabaga erishgan.



20:00 “Nasaf” - “Navbahor” (“Sport” TV LIVE)
Hakamlar
: Sherzod Qosimov,Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Shuxrat Rajabov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Bu klublar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 46 bor to'qnash kelishgan. 22ta uchrashuvda "ajdarlar", 12ta bahsda "lochinlar" g'olib bo'lishgan. 12ta o'yinda durang qayd etilgan.

Qarshida o'tkazilgan 23ta uchrashuvdan 3tasida "Navbahor" zafar quchgan. Oxirgi ikki mavsum "Nasaf" o'z uyida bu jamoani mag'lub eta olmagan.




Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" gol urmasdan "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi          

Coca Cola Superliga. AGMK so'nggi 11 yilda ilk bor Navoiyda g'alabaga erishdi        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia