

"Valensiya" vingeri o'yin mobaynida 2 ta gol urdi va bir bor golga assistentlik qildi.

"Umid qilamanki, barcha yaxshiliklar hali oldinda. Ushbu o'yin hammaga qiyin bo'ldi. Jamoaga yordam berishga davom etaman va bundan umidvorman. Birinchi golni urib olganimizdan keyin xotirjam va nisbatan engil o'ynashni boshladik. Bahs bizning yetakchiligimizda o'tdi. 3 ochkoni qo'lga kiritganimizdan mamnunmiz", - deya Cherishevning so'zlarini keltirdi Sport Ekspress nashri.



