Chempionlar chempionlarga qarshi. Qitalararo Kubogi o'yinlari qachon bo'lib o'tishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2024, 14:45
Qitalararo Kubogining final bosqichi Qatarda bo'lib o'tadi.

FIFA turnir 22 sentyabr kuni start olib, 18 dekabrda yakunlanishini ma'lum qildi. Beshta bahsning dastlabki ikkitasi BAA va Misrda, qolganlari Qatarda o'tkaziladi.


O'yinlar taqvimi:

- Birinchi bahs: 22 sentyabr kuni "Al Ayn" (OCHL g'olibi) "Oklend Siti" (Okeaniya Chempionlar ligasi g'olibi)ni qabul qiladi

- Ikkinchi bahs: 29 oktyabr kuni "Al Ahli" (Afrika Chempionlar ligasi g'olibi) birinchi o'yin g'olibini qabul qiladi

- Uchinchi bahs: 11 dekabr kuni Libertadores Kubogi sohibi "Pachuka" (KONKAKAF Chempionlar kubogi g'olibi)ga qarshi maydonga tushadi

- To'rtinchi bahs: 14 dekabr kuni 2 va 3 bahs g'oliblari o'zaro kuch sinashishadi

- Beshinchi bahs: 18 dekabr kuni "Real" (UEFA Chempionlar ligasi g'olibi) 4 uchrashuvi g'olibi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA.com