"Chelsi"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi ma'lum

Alisher
27 fev 2020, 14:01
"RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano yozgi transferlar oynasida "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

"Ko'klar" bosh murabbiyi Frenk Lempard yozda jamoaning himoya va hujum chizig'ini jiddiy tarzda kuchaytirmoqchi.

Angliyalik mutaxassis Upamekanoni markazda Antonio Ryudiger bilan tandemda o'ynatmoqchi.

"Arsenal" ham Upamekanoga qiziqmoqda. Ammo, Dayoning bu klubga o'tishi "Arsenal"ning Chempionlar Ligasida qatnashish yoki qatnashmasligiga bog'liq.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror