"Chelsi"ga "Atletiko" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
21 avg 2021, 00:39
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges "Chelsi" qiziqishlari doirasida.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, 26 yoshli ispaniyalik bilan shartnoma imzolash borasida klub qiziqib ko'rgan. Chunki jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaga yana bir yarim himoyachi talab qilmoqda.

O'tgan mavsumda Saul "Atletiko" tarkibida 41 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi. Uning bozor narxi 40 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano