“Chelsi” Xavercga qancha maosh taklif qilgani ma'lum

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2020, 20:20
“Aristokratlar” kelayotgan transferlar oynasida nafaqat Timo Verner, balki yana bir iqtidorli nemis futbolchisi – Kay Xavercni ham qo'lga kiritmoqchi.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, londonliklar “Bayer” a'zosiga 8 mln evro maosh bilan besh yillik bitim taklif qilgan. Qayd etilishicha, leverkuzenliklar 20 yoshli xavbek transferi uchun 80 mln evro so'ramoqda.

Kay joriy mavsum klub safida 38 uchrashuvda qatnashdi va 15+8 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru