

O'yinchi uchun "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda va Sancho uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. "Aristokratlar" uchun 21 yoshli angliyalik futbolchining transferi 90 million funtga tushadi.
"Liverpul" esa o'yinchi uchun kurashdan chiqdi. "Manchester Yunayted" hali katta mablag' sabab Sanchoning xaridini amalga oshirmoqchi emas.
Sancho joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.



